Mekong

Mekong (yuqori oqimida dza-Chu, o’rta oqimida Lantsantszyan deb atala- Di) — Hindixitoy ya. o.dagi eng katta dare, Xitoy, Laos, Kambodja, Vetnam hududlaridan oqadi, qisman Laos b-n Myanma va Tailand o’rtasidagi chegara vazifasini xam bajaradi. Uz. 4500 km, havzasining mayd. 810 ming km2. Tibet tog’ligidagi Tangla tizmasidan bosh- lanib, Sino-Tibet tog’larining chuqur daralari orqali va Kambodja tekisli- gidan oqadi. O’zani ser-Ostona. Kambod- ja tekisligiga chiqishda katta sharshara (bal. 21 m) hosil qilgan. Jan. Xitoy dengiziga botqoqlashgan Delta (mayd. 70 ming km2) qosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: o’ngdan — Mun, ton- lesap; chapdan — u, Txan, San. Pnom- pen sh. yaqinida o’rtacha suv sarfi 13,2 ming m3/sek. Dare, asosan, mavsumiy yomg’irlardan, yuqori qismida qor va muz- ning erishidan suv oladi, bu vaqgda suv sat-hi 10-15 m ga ko’tariladi, suv sarfi esa 30 ming m3/sek. ga etadi. Tez-tez suv toshklnlari bo’ladi. Tonlesap kuli dare oqimini tartibga solib turadi. Dare quyilishidan 700 km, to’linsuv payti- da 1600 km masofada (Ventyan sh.gacha) kema qatnaydi. Pnompen sh.gacha (130 km) dengiz kemalari kira oladi. Baliqqa boy, suv parrandasi kup, timsoxlar uch- raydi. M. sohillarida Luang-Prabang, Ventyan (Laos), Pnompen (Kambodja) sh.lari joylashgan.