Melanoz
Melanoz — asalarilarda uch- raydigan yuqumli kasallik. Kasallik- ni aerobazedium pullulans zamburug’i qo’zg’atadi. Asalari iniga, ona asalari va ishchi asalarilar organizmiga asal orqali tushadi. M. b-n asosan, ona asa- larilar hayotining ikkinchi yili va katta yoshdagilari kasallanadi. M.da tuxumdonlar, tuxum yo’llari, urug’don, katta zaharli bez va ichakning orqa qismi zararlanadi. Zamburug’lar zarar- langan joylarda sariqmalladan qora tusgacha bo’lgan dog’lar ko’rinib turadi. Ona asalari tuxum qo’yishni to’xtatadi. Kasallik belgilari, patologoanatomik o’zgarishlar va mikologik tekshirishlar- ga asoslanib tashhis qo’yiladi. Oldini olish: ona asalarilarni har ikki yilda almashtirib turish; inlardan qoldiq asalni vaqtida chiqarib olish; ona asalarilarni sun’iy urug’lantirilganda veterinariyasanitariya qoidalariga rioya etish.