Melioranskiy Platon Mixaylovich

Melioranskiy Platon Mixaylovich (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiy- shunos va mo’g’ulshunos. Sankt-Peterburg untining Sharq tillari f-tida tehsil olgan (1887-91); Arab, fors, mo’g’ul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894— 1906 y.larda Sankt-Peterburg unti- ning Sharq tillari f-tida privatdo- tsent, prof. M.ning 2 qismdan iborat “Qozoqqirg’iz tilining qisqacha gram- matikasi” (1894-97) asari bor. “Ko- sho-Soydamdagi qadimiy turkiy Yodgor- liklar” (V. V. Radlov b-n hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiyrunik yodgorliklarni o’rganish ishiga asos sol- gan. M.ning ilmiy izlanishlari orasi- da rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida o’rin egallaydi (“Igor jangnomasi” tili- dagi turkiy elementlar”, 1902; “Igor jangnomasi” tilidagi turkiy element- lar haqida”, 1905 va b.). U Muhammad Soli^ning “Shayboniynoma” dostonini, Rabg’uziynint “Qisas ul-anbiyo” asari- dan parchalarni va b. turkiy yozma Yodgor- liklarni nashr ettirgan.