Melodrama

Melodrama (Yun. melos — qo’shiq, kuy va drama) — musiqiysahnaviy janr. 18-a.da Evropa san’atida rivoj topgan. Qahramonlarning monolog va dialoglarm musiqa jo’rligida ijro etilganligi b-n ajralib turadi. Ilk namunasini J. J. Russo (1762, “Pigmalion” lirik sahnalari) yaratgan. Ma’rifatchilik dav- ri g’oyalariga asoslangan M. ga sahna ri- vojiga monand bo’lgan musiqaning jon – li va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19-a.da M. janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning “Manfred”, J. Bizening “Arlezianka”, J. Grigning “Per Gyunt” va b.)da o’z rivojini topadi. 20-a.da shak- llangan o’zbek musiqali dramasisa, N. Zokirovning “Soxilda to’qnashuv”, HAB. Rahimovning “ona qalbi” kamer opera- larida ham M. elementlari mavjud.