Membrana
Membrana – yupqa, mutlaq egiluvchan plastinka yoki osilib turuvchi qobiq shaklidagi fazoviy konstruksiya, ularning egilishga bo’lgan bikirligi hisobga olinmaydigan darajada past. Perimetri atrofidagi membrana konturga o’rnatiladi. Qurilishda bino va inshootlarning tom yopmalarida ishlatiladi.