Memfis
Memfis — qadimgi Misrdagi shahar (Qohiradan Janubi-g’arbda). Miloddan avvalgi 28— 23-asrlarda Memfis — Misrning yirik diniy, siyosiy, madaniy va hunarmandchilik Markazi, poytaxti. Hozirgi G’izo yaqinida, sakkara va boshqa joylarda ibodatxonalarning xarobalari, nekropol va boshqalar saqlangan.