Mendel (Mendel) Gregor Iogan
Mendel (Mendel) Gregor Iogan (1822.22.7, hoz. Ginchise, Chexoslovakiya — 1884.6.1, hoz. Brno, Chexiya) — Chex olimi, irsiyat to’g’risidagi ta’limot asoschisi. Bu ta’limot uning sharafi- ga mendelizm deb ataladi. Vena untida erkin tinglovchi bo’lib, fizika, Botani- ka, paleontologiya va analitik kimyoni o’rgangan (1851-53). No’xatning 22 na- vida duragaylash bo’-yicha tajriba olib borgan (1856-63). M. o’z tajribalari na- tijasini tabiatni o’rganuvchilar Bryunn jamiyati “asarlari”da chop ettirgan (1866). U chatishtirilgan o’simliklar belgilarining duragay avlodlarida na- moyon bo’lishini kuzatish orqali ayrim belgilarning mustaqil irsiylanishini aniqlagan. Bu qonuniyatlar irsiylanish to’g’risidagi ta’limotga asos bo’ldi va Mendel qonunlari deb atala boshla- Di. M. kashfiyotiga uning hayotida e’- tibor berilmagan. 1900 y.da botanic olimlar: nemis K. Korrens, golland X. De Friz va avstriyalik E. Chermak bir- biridan mustaqil holda M. kashf etgan qonunlarni qayta ochishdi. As: opiti nad rastitelnimi gibri- dami, M., 1965.