Mendelson

Mendelson, Mendelson-bar- toldi (Mendelssohn — Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg – 1847.4.11, Leypsig) — nemis kompozi- tori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmtnt yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida Shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga M.lar oilasi b-n yaqindan tanish bo’lgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka gum- boldtlar ta’sir o’tkazishgan. 1820-30 y.lari Italiya, Shveytsariya, Parij va Londonda yashab ijod qilgan. Dyussel- dorfdagi musiqa festivali direktori (1833-36), Leypsigdagi Gevandxauz or- kestrining bosh dirijyori (1836— 45), Leypsig konser-vatoriyasining asoschi- si (1843). Deyarli barcha janrlarda ijod qilgan M. romantik simfoniya (5 ta sim- Foniya, 1824-42), programmali kontsert uver-tyurasi (“yozgi tundagi tush”, 1826 va b.) janrlariga asos solgan. Skripka va orkestr uchun (1844), 2 ta fortepi- ano va orkestr uchun (1831, 1837) kon- tsertlari, “so’zsiz qo’shikdar” (1832— 45) fortepiano asarlari, “Pavel” (1836) va “Iliya” (1847) oratoriyalari mashhur. Romantizm va klassisizm an’analarini mujassam etgan M.ning ijobiy uslubi o’zining xalqchilligi, nozik did va sa- mimiyligi, folklor qo’shiklariga xos ohangdorligi, shakllarning mukammal- ligi, garmoniyaning ravshanligi, orkestr bo’yoklarining nafisligi b-n ajralib turadi. Hozirda M.ning “yozgi tundagi tush” asaridagi “to’y marshi” nikoh ma- rosimlarida albat asar sifatida ijro etilmoqda. 1874-77 y.lari (36 jilddan iborat) barcha asarlari Leypsigda to’la nashr etilgan.