Menorragiya

Menorragiya (Yun. men — oy va rhegnymi — yorilaman) — hayz vaqtida har safar odatdagidan ko’ra uzoqroq (5 kundan ortiq) va ko’proq qon ketishi. Bachadon muskullarining qisqarish Xu- susiyatini susaytiradigan jarayonlar sabab bo’ladi. Bachadonning bir qancha kasalliklarida (bachadon fibromioma- si, raki va b.) kuzatiladi. Giper-menor- Reya (hayz qonining ko’p kelishi, bunda hayz tsikli buzilmaydi), poli-menorreya (hayzning uzoq davom etishi), proyome- norreya (hayzning tez-tez bo’lishi) kabi xillari bor. Ba’zan kizlar hayz ko’ra boshlaganda, tuqqanda va Abortdan keyin, bachadonda yo’ldosh bo’lagi qolganda, hayz butunlay to’xtashidan oldin ham M. ro’y beradi. M.ga sabab bo’lgan asosiy kasal- lik davolanadi.