Menua

Menua — Urartu podshosi (mil. AV. taxm. 810-786/781 y.), Ishpuini o’g’li. M. davrida Urartu podsholigi- ning qo’shinlari Zakavkazega, diaux- lar qabilasi yurtiga, shuningdek, Urmiya ko’li atroflari va shim. Mesopotami-yaga bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar. M. katta bunyodkorlik ishlari olib bor- gan. M. o’ziga yangi qarorgoh — Menuaxi- nili sh.ni qurdirgan. Otasi va o’zining hukmronligi davrida tush-Pa sh. (Van) da qurilishlar qilingan. M. mashhur Semiramida kanalini qayta ta’mirlab, uni Van sh.ga tomon oqizgan. M. davri- dan bizgacha 100 dan ortiq Urartu mixxat yozuvlari saqlangan.