Mergan qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Mergan qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Shovot rayonida. Bu so’z toponim sifatida Uralsk oblastida hamda Orol dengizidagi orollarda uchraydi. Mergan Xorazmda Xon saroyidagi mansablardan biri bo’lib, “ov bilan shug’ullanuvchi” kishini anglatgan. So’zning lug’aviy ma’nosi “aniq nishonga oladigan mergan”dir. Ammo ayrim tadqiqotchilarning fikricha Mergan etnik nom bo’lib, qo’ng’irot qabilasining bir tarmog’idir. Barcha turkiy xalqlarda mergan “aqlan, epchil, ko’rimli” ma’nosiga ega.

Leave a Reply