Messian Olive Ejen Prosper Sharl
Messian Olive Ejen Prosper Sharl (1908.10.12, Avinon – 1998, Pa- Rij) — frantsuz kompozitori, organchi va pedagog, 20-a. klassik musiqasi na- moyandalaridan. Parij konservatoriya- sini tugatgan (1930). Ayni shu erda va b. o’quv yurtlarida dare bergan: shogird- lari orasida P. Bulez, K. Shtokxauzen, Ya. Ksenakis kabi 20-a. musiqasining yirik namoyandalari mavjud. 1936 y.da “Yosh Frantsiya” kom-pozitorlar guruhini tashkil etgan. M. butkul ijodiy yo’li jarayonida diniy qadriyatlar (forte- Piano uchun “chakaloq Iso qiyofasiga 20 nigoq”, 1944; xor va orkestr uchun “Ki- chik liturgiyalar”, 1944; messa, 1950 va b.), hind mumtoz (raga) musiqasi (“Tu- rantalila” simfoniyasi, 1948; fortepi- ano uchun “4 ritmik etyud”lari, 1950 va b.), dunyo qushlari ovozlarini (orkestr uchun “qushlar uyg’onishi”, 1953; for- tepiano uchun “qushlar katalogi”, 1959 va b.) o’ziga asos etib tanladi. Musika nazariyasiga doyr dareliklar, “mening musiqiy tilim texnikasi” kitobi mual- lifi.