MESSO-soprano

MESSO-soprano (ital. — mezzo — o’rta va soprano) — ayollarning Sopra- no va kontralto orasidagi ovozi. Dia- pazoni kichik oktava “lya”, “si” tovushi- dan ikkinchi oktava “si”gacha (a-h — h2). M.-s. ovozlari o’rta registrdagi tovush- larning to’laqonliligi, yuqori parda- larining o’tkirligi, pastki, “ko’krak” registr mavjudligi b-n soprano ovozdan ajralib turadi. M.-s. ovozi uchun yozil- gan mashhur opera partiyalari: Amneris (J. Verdi, “Aida”), Karmen (J. Vize, “Karmen”), Lyubasha (N. Rimskiy-Kor- sakov, “podshoning kelini”), Dalila (K. Sen-Sane, “Samson va Dalila”) va b. R. Gorr (Belgiya), A. Myurrey (Irlan- diya), M. Gay (Ispaniya), Ts. Siminioto (Italiya), I. Arxipova, N. Terenteva (Rossiya), K. Txorborg (Shvesiya)lar M.- s. ovozi b-n mashhur. O’zbekistonda May- sara (S. Yudakov, “Maysaraning ishi”), Halima (H. Rahimov, “Zafar”) kabi M.-s. ga mo’ljallangan bosh opera partiyalarni H. Nosirova katta mahorat b-n talqin etgan.