Metafaza

Metafaza (meta… va Yun. Phasis — paydo bo’lish) — somatik (tana) hujayralarning bo’linib ko’payish usu- li, mitozning ikkinchi bosqichi. M.da bo’linish duki to’liq shakllangan bo’ladi. Xromosomalar spirallashib, yorug’lik mikroskop ostida ko’rinadigan bo’lib qoladi. Xromosomalar ekvatorda joy- lashib olib, o’z tsentromerasi (birlamchi belbog’i) b-n bo’linish dukiga ilashgan bo’ladi. Tsitogenetik tadqiqotlarda M. holatidagi xromosomalar o’rganiladi.