Metasomatik konlar

Metasomatik konlar – me- tasomatizm natijasida vujudga kelgan foydali qazilmalar. M.k. chuqurlikda qaynoq mineral suvli eritmalar ta’- sirida tog’jinslarining to’liq erishi va ayni vaqtda yangi minerallarning cho’kishi yoki eritmalar va tog’jinsla- rining o’zaro ta’siridan kimyoviy Alma- shinuv reaktsiyalari natijasida vujudga keladi. Har ikki hodda ham eritmalar M.k. hosil bo’lgan joyga tog’jinslari elementlarini va qimmatli ruda metal- larini olib keladi. Karbonatli jin- slar (ohaktosh va dolomitlar) M.k. hosil bo’lishi uchun qulay muhit hisoblanadi. M.k. murakkab shaklli yotqiziqlar hosil qiladi. Bunday konlarning yuqori (qora, ran-gli va kamyob metallarning skarnli va greyzenli konlari), o’rta (aksari mis, qo’rg’oshin va rux rudali konlar) va past (uran va misning infiltrasion konla- ri) t-rali turlari mavjud.