Metasomatizm, metasomatoz

Metasomatizm, metasomatoz (meta… va Yun… somatos — jism) — tog’ jinsidagi ba’zi minerallarning boshqa minerallar b-n almashinish hodisasi. M.da tog’jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi jiddiy o’zgarishga uchraydi. Bu jarayon ham ekzogen, xam endogen sharo- itlarda o’tishi mumkin, bunda avvalgi minerallarning erishi va yangi mineral- larning hosil bo’lishi bir vaqtda sodir bo’ladi. M. geologik hodisa sifatidagi roli er po’stining shakllanishida gi- pergenez, Sedi-mentogenez, magmatism va metomorfizm b-n bir qatorda turadi. M. magmatik jarayonlardan keyin ajra- lib chiqadigan eritmalar va yuza suvlar ta’sirida sodir bo’ladi. Postmagmatik M. b-n ruda hosil bo’lishi bog’liq. M. ta’sirida dala shpatlari erib, uning tarkibidagi gil, qumtuproq hisobiga muskovitli kvarsning ayrim holdagi serisit, albit, topazli birikmasi hosil bo’ladi. Granit massivlarining atrof jinslari ikkilamchi kvarsit, greyzen va ohaktoshlar kontaktida skar- nlar vujudga keladi. M. unda ishtirok etgan elementlarning siljish tezligiga qarab infiltra-tsiyali va diffuziyali xillarga bo’linadi. M.jadallashganda tobora ko’proq komponentlar harakat holatiga o’tadi va M. mahsulotida mine- rallar soni bir mineralli jins hosil bo’lishigacha qisqaradi. O’zbekistonda M. jarayoni deyarli hamma rudali joylarda tarqalgan. Ular b-n barcha ma’lum mis, qo’rg’oshin, pyx, volfram, oltin, kumush va elementlar rudali konlari bog’liq.