METEOROGRAF
METEOROGRAF (Yun. Meteoros — yuqoriga ko’tarilgan, osmonga oid va …graf) — havo namligi, bosimi va t-rasi, shuningdek, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezli- gini bir vaqtda avtomatik holda qayd qiladigan aerologik asbob. M. termo- graf, barograf va gigrografdan iborat. Yozuvlar soat mexanizmi b-n harakatga keluvchi barabandagi maxsus qog’oz tas- maga yoziladi. Sharzondlar b-n atmos- feraning 35-40 km iga chikariladigan zond M., samolyotlarda ishlatiladigan M., shuningdek, aerostat va aerologic qurilma yoki meteorologii raketalarga o’rnatiladigan M. va b. mavjud.