Meterlink (Maeterlinck) Moris

Meterlink (Maeterlinck) Moris (1862.29.8, Gent – 1949.5.5, Nissa, Frantsiya) — belgiyalik shoir, drama- turg, faylasuf. Absurd teatrning asos- chilaridan biri. Frantsuz tilida ijod qilgan. 1896 y.dan Frantsiyada yashagan. Ijodini ocherknavis, tanqidchi va shoir sifatida boshlagan. Uning ramzli she’- riyatida naturalizmniig sof moddiy qiziqishlariga qarshi norozilik kayfi- yatlari aks etgan. “Issiqxonalar” (1889), “O’n ikki qo’shiq” (1896) kabi she’riy to’plamlari simvolistik ruada. “Malika Malen” (1889), “Ko’rlar” (1890), “Etti Malika” (1891), “Peleas va Melisanda” (1892), “Rohiba Beatrisa” (1900), “Van- na xonim” (1902), “Humo” (ertak-drama, 1905), “ko’k qush” (1908) va b. dramala- ri insonga, uning ochlik, qash-shoklik, urushga qarshi kurashda mu-vaffaqiyatiga ishonch ruhi b-n sug’orilgan. M. “Bo- larilar hayoti” (1901), “gullar akli” (1907), “chumolilar hayoti” (1903) kabi falsafiy asarlarida inson hayotining ma’naviy, axloqiy muammolarini tilga olgan. “Termitlar hayoti” (1926) asarida timsollar vositasida kommunizm va to – talitarizm satira qilingan. M. 2-jahon urushi davrida Amerikada yashagan va “Shodon xotiralar” (1948) kitobini yoz- gan. Nobel mukofoti laureati (1911).