Metilen ko’ki
Metilen ko’ki (Methylenum coeruleum) — sun’iy organik bo’yagich, tio- zin bo’yagichlari guruhiga mansub. To’q yashil kristall poroshok yoki bronza kabi yaltiroq kristall. Spirtda, suvda eriy- Di, organik erituvchilar (efir, benzol, SNS13)da erimaydi. Suvdagi eritmasi ko’k rangda. Analitik kimyoda xloratlar, perxloratlar, simob kationlari, qalay, titanni aniqlashda, qog’oz, gazlamalarni bo’yashda, rangli qalamlar tayyorlashda, tibbiyotda antiseptik vositalar, shu- ningdek, antidotlar sifatida ishlati- ladi. Ba’zan tsistit, uretrit va siydik yo’lining boshqa yallig’lanish kasalli- klarida ichiriladi.