… Metr
… Metr (Yun. metron — o’lchov, metreo — o’lchayman) — qo’shma so’zlar bo’lagi. O’lchov asboblari (mas, barometr, termo- metr) hamda metr tizimidagi uzunlik o’lchovlari (mas, kilometr, santimetr) ni anglatadi. Metr (musiqada) — rit- mik tuzilmalarning hajmi va sifatini belgilovchi, kuchli va kucheiz (yoki uzun va qisqa) hissalarning muayyan tartib va o’lchamlarda izchil almashinuviga asos- langan badiiy vaqt o’lchovi. Kuchli va kucheiz hissalar munosabatlariga asos- langan M. tizimi nota yozuvida takt yor- damida ifodalanadi. Og’zaki an’anadagi musiqa merosi va kompozitorlar ijodi-da muttasil — bir xil va no-muttasil — turli taktli M. uchraydi. M. taktda hissalarning birikishiga ko’ra, oddiy (2 yoki 3 hissali) va teng qismlardan tashkil topgan murakkab (4, 6, 9 yoki 12 hissali) turlarga bo’linadi. Oddiyla- rida taktning birinchi , hissasi, murak- kab M. larda esa har bir M. guruhining birinchi (ko’proq boshlang’ich) hissalari kuchli ifodalanadi. Bir taktda ikki va undan ortiq teng bo’lmagan guruxlardan tuziladigan aralash M. ham bo’ladi (Mae., 5, 7 hissali). Muayyan ritmik birliklar (chorak, yarim chorak, nimchorak notalar) dagi u yoki bu M. ifodasi takt O’lcho-EI deb yuritiladi. Sharqxalqlari og’zaki an’anadagi musiqada M. usul (o’zbek, to- jik, turk, uyg’urlarda), iyqo (Arabcha), tala (hindcha) va b. shakllarda namoyon bo’ladi. Ayrim musiqa janrlari uchun muayyan M.lar xarakterli. Mas, vals 3 hissali, marsh 2 yoki 4 hissali. Maqom “as/otarida murakkab 2 hissali, talkin va b. qismlarida aralash hissali M.lar uchraydi. Abdumannop Nazarov.