Metrika
Metrika (… metro) — o’lchov va vaznlar haqida ta’limot, yunon musiqa nazariyasining she’riy va musiqiy vaznlar, bo’g’in va cho’zimlar tizimini o’rganuvchi bo’limi. Ushbu ma’noda qad. va o’rta aerlarda M. musiqa nazariyasi- ga qaraganda grammatika faniga ko’proq taalluqli hisoblangan. M. maxsus musiqiy o’lchov (takt)ni belgilaydigan ritmik urg’ularning o’zaro munosabatla- ri haqidagi ta’limot sifatida nemis musiqashunosi M. Gauptman tomonidan ilk bor 1853 y.da Evropa musiqa naza- riyasiga tatbik, etilgan. M. ta’limoti, asosan, takt tushunchasiga asoslangan, ba’zi yirik musikashunoslar (X. Riman, K. Zaks va b.) unga ritmiksintaksis tu- zilmalarni (mas, davr, jumla. ohang, ibora va b.) ham kiritib, M.ga yanada kengroq, universal ma’no berganlar. O’rta va yaqin Sharq musiqashunosligida (Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Jomiy, Navoiy, Darvishali Changiy va b.) M. — ilmi iyqoning tarkibiy qismi bo’lib, musiqiy she’riy tushuncha va atamalar (usul, iyqo, bahr, vazn va b.) vositasida keng sharhlangan (q. Iiqo). Abdumannop Nazarov.