MEVA

MEVA (fructus) — yottiq urug’li o’simliklarning urug’li organi; odatda, urug’lanish natijasida hosil bo’ladi. Ammo, partenogenez yo’li b-n ko’payadigan o’simliklar M.si (partenokarp M.) urug’lanishsiz yuzaga keladi va urug’siz bo’ladi. M.larning shakli, kattaligi va rangi har xil. M. bitta tu-gunchadan hosil bo’lsa (o’rik, gilos, olcha, mosh, jag’jag’va b.) oddiy yoki asl M., bir gul- dagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va b.) murakkab M., tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadi- gan bo’lsa (qulupnay, tut, olma va b.) sox- ta M. deb ataladi. M. 3 qismdan — sirtqi qism yoki po’st (ekzokarp)dan, po’stsimon yoki yog’ochlangan qism (endokarp) va ular o’rtasiga joy- lashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Ho’l (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) M.lar bor. Ho’l M.lar danakli (o’rik, shaftoli, olcha va b.) va urug’li (olma, qovun, bodring va b.) mevalarga bo’linadi. Ular pishgan- da ochiladigan va ochilmaydigan bo’ladi. Quruq M. tuzilishiga qarab bir nechtaga bo’linadi: yong’oq M.lar — po’sti qattiq yog’ochsimon (yong’oq, o’rmon yong’og’i va b.); pista M.lar — po’sti dag’al (kungaboqar, maxsar va b.); doncha M.lar — po’sti yupqa, urug’ga yopishgan (arpa, bug’doy. sholi, tariq va b.) va qanotchali M.lar — urug’ida qanotchasimon parda bo’ladi (qayrag’och, shumtol, zarang va b.da). Ochi- ladigan M.lar, odatda, ko’p urug’li bo’lib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak M. — sallagul, isparak, tasmacho’p; qo’zok M. — turp, sholg’om, indov; qo’zoqcha M. — o’sma, jag’jag’, qatron; ko’sak M. — g’o’za, ko’knor, lolaqizg’aldoq o’simliklarida uchraydi. Bo’linadigan M.lar ikki va ko’p xonali tugunchadan hosil bo’lib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va b.ning M.lari). M. tipla- rini sistemaga soluvchi har xil tasnif- lar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deb bo’lmaydi. Arman olimi A. L. Taxtajyan M.ni tu- tashmagan mevabarglardan hosil bo’lgan apokarp M. va tutashgan meva barglardan tuzilgan tsenokarp M.ga ajratadi. Tse- nokarp M.ni sinkarp, parakarp valizi- karpga ajratdi. Apokarp M. eng soddasi hisoblanadi. M.ning biologik ahamiyati urug’larni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urug’larni pishib etilmas- dan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga em bo’lishdan saqlaydi. M. shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. M. qimmatbaho oziq modda- lar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar) ga boy. Ko’p o’simliklarning M.larini odam va hayvonlar iste’mol qiladi, ulardan dori va bo’yoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli o’simliklarning M.si xo’jalikka zarar etkazadi. Qandolatchilik mahsulotlari — shi- rinliklar, poliz ekinlari va mevali da- raxtlar mahsuloti ham M. deyiladi.