MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, O’zbekiston FA M. T. O’rozboev nomida- gi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexani- ka muammolari, paxta terish mashina- si mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexa- nikasi masalalari b-n shug’ullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi b-n Toshkentda 1947 y. tash- kil qilingan, 1959 y. shu in-t lab.lari asosida qurilish va arxitektura i. t. in-tiga aylantirilgan. O’sha yili bu in-tning qurilish mexanikasi, grunt- lar mexanikasi lab.lari O’zbekiston FA matematika va mexanika in-tining aerodinamika lab. hamda paxta terish mashinalari bo’limlari qo’shilib, mexa- Nika in-ti tashkil qilindi. 1963 y. shu in-t qoshida hisoblash markazi tuzil- Di va in-t Mexanika in-ti va qisoblash markazi deb ataldi. 1966 y.dan hozirgi nomi b-n yuritiladi, 1970 yil in-t asos- chisi M. T. O’rozboev nomi berilgan. In-tda 8 lab., ilmiytexnika axboroti va patent, lisenziya bo’limi, aspirantu- ra, doktorantura, mexanika ustaxonasi, kutubxona (50 ming kitob) bor (2003). In-tda konstruktsiyalar va inshootlar- ning mustahkamligi va seysmodinami- kasiga, ko’p fazali va kup komponentli muhitlarga, paxtachilik, engil sanoat va transport kompleksidagi mashina va me- xanizmlar tizimlari nazariyalariga oid i. t. ishlari olib boriladi. In-tning asosiy ilmiy yo’nalishlari: seysmik mustahkamlik; mexanizmlar va paxta terish mashinalari nazariyasi; ko’p kom- ponentli muhitlar mexanikasi. In-tda 135 dan ortiq xodim faoliyat ko’rsatadi (2003). In-t faoliyati K. Bo-Bomurodov, A. D. Glushchenko, A. A. Ilyushin, O. V. Lebedev, R. Muxitdinova, V. T. Rasska- zovskiy, X. Raxmatullin, T. Rashidov, A. A. Rizaev, H. Usmonxo’jaev, M. O’rozboev, J. Fayzullaev, V. Krbulov, va b. olimlar nomi b-n bog’liq.