Mexdi Husayn

Mexdi Husayn (taxallusi; asl ism-sharifi Mexdi Ali og’a o’g’li Husaynov) [1909.4.4, Ozarbayjon Re- spublikasi Shixli qishlog’i (hoz. Kazax tumani) — 1965.10.3, Boku] — Ozarbay- jon yozuvchisi, tanqidchi, jamoat arbo- bi. Dastlabki asarlarida Ozarbayjon qishloklaridagi hayot, yangilikning eski- lik ustidan g’alabasi ko’rsatilgan. “Suv toshqini” (1933-36) romanida Ozarbay- jondagi fuqarolar urushi vo-qealari hikoya qilinadi. “Tarlon” (1940) qissasida qishloq o’qituvchisining esda qolarli obrazi yaratilgan. 2-jahon urushi yillari “hayqiriq” qissasi, “Javnshir” tarixiy dramasini yozdi. “Apsheron” (1947), “qora qoyalar” (1957), “tong” (2 qism, 1950-53) roman- lari yozuvchiga Shuhrat keltirdi. “Qora qoyalar”da Ozarbayjon neftchilarining mehnatlari ko’rsatilgan bo’lsa, “tong”da tarix ijodkori bo’lgan ommaning roli tasvirlangan. Adib va-fotidan so’ng “Er osti suvlari okeanga oqadi” (1966) romani nashr etilgan. Chegarachilarning vatanparvarligi to’g’risidagi “Shuhrat” (1938), shuningdek, “Nizomiy” (1940), burchga sadoqat haqidagi “intizor” (1944, hamkorliqsa), “olov” (1961) asarlari Ozarbayjon dramaturgiyasi- ning yaxshi na-munalaridandir. “Apshe- Ron” romani o’zbek tilida nashr etilgan (1952).