Mexiko
Mexiko — Meksikaning poytax- ti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika tog’ligining Jan. qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, o’rtacha t-rasi yanv.da 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (apr.) da 18°. Yillik yog’in 750 mm. M.da tez-tez changli bo’ronlar va zilzilalar bo’lib turadi. Suv ta’minoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar b-n jahonda eng yirik shahar aglomerasiyalaridan biri — katta M.ni tashkil qiladi. M. — G’arbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325 y. astek in- deyslari tomonidan Tenochtitlan nomi b-n muhim savdo yo’lida qal’a sifatida asos solingan. 16-a. boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521 y.da is-Pan mustamlakachi- lari tomonidan shahar vayron qilingach, uning o’rnida yangi Ispaniya ma’muriy markazi bo’lgan M. bunyod etilgan. 1821 y.dan mustaqil Meksika poytaxti. M. — transport yo’llari tuguni. Xalqaro havo yo’llarining yirik Mar- kazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ‘/2 qismi M.ga to’g’ri keladi. 20-a.ning 50-y. larigacha M.da oziq-ovqat, to’qimachilik, tiko’vchilik, poyabzal, farmasevtika sanoati korxonalari bo’lgan. 50-y.lar- dan boshlab AQSh sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish (“Ford” va “Jeneral Motore” korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, Tse- ment z-dlari qurilgan. M. — mamlakat- ning yirik savdo va moliya markazlari- dan.