Meyerxold Vsevolod Emilevich
Meyerxold Vsevolod Emilevich [1874.28.1 (9.2), Penza – 1940.2.2, Moskva] — rej. va aktyor, teatr arbobi, pedagog. Teatr islohotchilaridan biri. Rossiya xalq artisti (1923). 1898— 1902 y.lar MXT (Moskva badiiy teatri)da AK- tyor. Grozniy (A. Tolstoy, “Ioann Groz- niyning o’limi”), Treplev, Tuzenbax (A. Chexov, “Chayka”. “Uch opasingillar”), Malvolio, Shahzoda Aragonskiy (u. Shekspir, “o’n ikkinchi kecha”, “Venesiya savdogari”), Iogannesa (g. Gauptman, “Yolg’izlar”) kabi rollarni ijro etgan. 1902-05 y.lar “yangi drama o’rtoqlik uyushmasi”ni boshqargan. 1906-07 y.lar V. Komissarjevskaya teatrida, 1908 — 17 y.lar Peterburgdagi Aleksandrinsk va Mari teatrlarida bosh rej. Shu yil- larda “shartli teatr” printsiplari va ularni uslublashtirish simvolizm po-etikasi, teatr san’ati kontsepsiyasi va b. b-n bog’liq dasturni ishlab chiqib uni rivojlantirgan. 1920-38 y.lar Mosk-vadagi 1-Rossiya teatri (1923 y.dan M. nomida)ni boshqardi. “Misteriya— Buff”, “Qandala”. “Hammom” (hammasi V. Mayakovskiy), “Revizor” (N. Gogol), “O’rmon”, “serdaromad joy” (A. Ostrov- skiy) kabi spektakllarni, shuningdek, “Orfey Evridika”, “qarg’a motkasi” singari operalarni sahnalashtirgan. M. ijodi jahon teatri san’atiga katta ta’- sir ko’rsatdi. 1939 y. qatag’on qilingan va qamoqxonada otib tashlangan.