Mezolit

Mezolit (mezo… va lithos — tosh) — o’rta tosh davri; paleolitdan neolitta o’tish davri (mil. AV. 10—7ming yillik). Geologik pleyspgosendan hoz. Golo-tsenga o’tish davri. M.da hayvonot dunyosi, Land- shaftlar muzlik davridan xalos bo’lib hoz. tabiiy sharoitga moslashgan. Muz- lik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yo’q bo’lib, yangilari paydo bo’lgan. Inson hayotida katta o’zgarishlar sodir etilgan. M.da o’q-yoyning kashf etilishi b-n yakka oila bo’lib yashash im- koniyati tug’ilgan. Tosh, suyak, yog’ochdan mi- krolit qurollar (pichoq, qirg’ich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega bo’lishgan. Shu tariqa jamoa bo’lib yashashga barham berilgan. M. davri odam- lari ovchilik, baliqchilik, terimchilik b-n shug’ullanganlar. O’zbekiston hududida M. davriga oid eng qad. yodgorlik qo’shilish bo’lib, u mil. AV. 10ming yillik b-n davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qo’lga o’rgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida O’zbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor bo’lganliklaridan dalo- lat beradi. Respublikamizda M.ga oid ko’plab yodgorliklardan Farg’ona vo- diysining So’x tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (q. Obi- shir madaniyati), Surxondaryoning boy- Sun tumanidagi Machay g’ori kabilarni ko’rsatish mumkin. O’tkir Islomov.