Mid (Meade) Jeyms Eduard

Mid (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — in- gliz iqtisodchisi. 1937 y.da Millatlar Ligasi kotibiyatida “Jahon iqtisodiy sharhi” nashri muharriri. 1940 y.da Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliya- viy va savdo tizimini qayta qurish muammolari b-n shug’ullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibi- yatining iqtisodiy bo’limi direktori (1940-45), London iqtisodiy maktabi prof. (1947-57), Kembrijunti siyosiy iqtisod prof. (1957-1969). Asosiy asarlari: “iqtisodiy siyo- sat nazariyasi I. To’lov balansi” (1951), “Xalqaro savdo geometriyasi” (1952), “Iqtisodiy siyosat nazariyasi P. Sav- do va farovonlik” (1955), “bojxona ittifoqlari nazariyasi” (1955), “Iqtisodiy o’sishning neoklassik nazariyasi” (1961), shuningdek, siyo- siy iqtisod tamoyillari tadqiq etil- gan “o’sayotgan iqtisodiyot” (1968), “Boshqariladigan iqtisodiyot” (1970), “Barqaror iqgisodiyot” (1971), “ado- latli iqtisodiyot” (1975), “talabni boshqarish” (1983) va b. M. xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo opera- tsiyalari o’rtasidagi muvozanat shartla- rini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro sav- doning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega bo’lmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga ta’sirini asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daro- madlarning taqsimlanishi, capital jamg’arish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin b-n birgalikda).