Migmatit
Migmatit (migma — qorishma) — granit tomirchalari bor metamorfik tog’ jinsi. Granit tarkibli magmaning suyuq qatlamlari metamorfik jins (slanes)lar qatlamlari orasiga kirib qolishidan hosil bo’ladi. Migmatitni o’rganish magmatik jinslarning tarkibi va ular bilan bog’liq konlarni qidirib topishda muhim ahamiyatga ega.