Migren

Migren (Frans. migraine), miya og’rig’i, gemikraniya — o’qtin-o’qtin tu- tadigan bosh og’rig’i. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishi- ning buzilishi, ko’pincha, oilada va nasl- da qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab bo’ladi. M. aksari balog’atga etish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki o’ta charchash oqibatida ro’y beradi. Xu- rujning tutish muddati, uning og’ir- engilligi yosh ulg’ayishi b-n o’zgaradi. Bu — turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, rav- Shan yorug’likka, xotinqizlarda esa hayz tsikliga bog’liq. Xuruj oldidan bemor, ko’pincha, tashnalik, ochiqish sezadi, Kay- fiyati o’zgaradi, mudroq bosadi va h.k. Og’riq tutganda ko’z oldi jivirlab, har xil narsalar ko’rinadi. M.da, odatda, har doim boshning o’ng yoki chap yarmi (ko’pincha, chakka qismi) og’riydi, bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning ko’ngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin og’riq bir oz bo- siladi. M. xuruji 2-3 soatdan bir necha sutkagacha cho’zilishi mumkin. Xuruj- lar o’rtasidagi davrda bemor butunlay sog’lom bo’ladi. M.ning miyacha (asinergiya va b.) va ko’zga aloqador (diplopiya, ptoz) xillari bor. Davosi: qon tomirlarni kengayti- ruvchi, og’riq qoldiruvchi preparatlar, shuningdek, fizioterapiya va yena sanchib davolash buyuriladi. Bemor vrach nazora- ti ostida davolanishi lozim.