Mikado
Mikado (yaponcha ayni ma’nosi ulug’vor darvoza)-Yaponiyada qadimdan oliy hukmdorning unvoni. Hozir iste’moldan chiqqan, uning o’rniga “tenno” atamasi ishlatiladi. Istiloh nafaqat monarxning o’zini, balki uning uyini, saroyini, hatto davlatini anglatishi mumkin edi. Yaponiyaning 124-imperatori Xiroxito 2-jahon urushidagi mag’lubiyatdan so’ng g’olib talabi bilan imperatorning ilohiyligini yolg’on tushuncha deb e’lon qilgan.