Mikrobarograf

Mikrobarograf {mikro… va barograf) — atmosfera bosimining oz-ozdan va tez-tez o’zgarishini katta aniqlik b-n avtomatik qayd qilib bo- radigan asbob. M.da membrana (anero- ID) li qutichalar bloki sezgir element bo’lib xizmat qiladi. Qutichalar bloke issiqlikdan yaxshilab izolyasiyalangan mitti barokameraga joylashtirilgan. Qutichalar ichidagi havo atmosfera b-n uzluksiz ulangan bo’ladi. Aneroid blo- ki tashqi havo b-n qutichalar ichidagi havo orasidagi bosim farqini sezadi va maxsus uzatuvchi mexanizmlar orqali yoziladigan tasmalarga uzatiladi (q. Ba- rograf). M. atmosfera o’zgarishlarini oddiy barografga nisbatan 10-30 marta tez qayd qiladi. Tasmali barabanlar- ning aylanish vaqti 10 min. dan 4-6 soat gacha.