MIKROBIOLOGIYA SANOATI

MIKROBIOLOGIYA SANOATI sanoat tarmog’i; i. ch. Jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidro- lizatlar, yog’och)dan va qand lavlagi, makkajo’xori, moyli va yormabop ekinlar va b.ning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli kontsen- tratlar, aminokislotalar, vitamin- lar, ferment preparatlari, antibio- tiklar, o’simliklarni zararkunan- da va hasharotlardan himoya qilishda qo’llaniladigan bakteriyali va virus- li lre-paratlar, bakteriyali o’g’itlar, shunin-gdek, o’simlik xom ashyosini kom- pleks qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va b. ishlab chiqaradi. M.s. fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobio- logiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va b.ning eng yangi yutuqlariga tayanadi. Mikroorga- nizmlarga xos bo’lgan moddalarning Fer- mentlar ta’sirida o’zgarishlarida yuzaga keladigan ulkan energiyadan q.x. va sano- at uchun zarur mahsulotlarni maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan. M.s. mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifat- li aralash em i. ch.da ishlatiladi. Emga qo’shilgan 1 t em achitqi tirik vaznda qo’shimcha 1,5—2 t parranda go’shti yoki 15-25 ming dona tuxum olishni ta’min- laydi va 3,5—5 t donni tejash imkoni- yatini beradi. Em achitqilari b-n birga rasionda etishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, em antibiotikla- ri, fermentli preparatlar mollarning ozuqa rasioniga qo’shiladi. Mikrobli va virusli insektisid – lar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz hisoblanadi. Fermentli preparatlar q.x. xom ashyo- lariga ishlov berishda bir qator tex- nologik jarayonlarni ancha tezlashtira- Di, oziq-ovqat, go’sht, sut sanoati, engil sanoatda mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli prepa- ratlar, shuningdek, kimyo va qora metal- lurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida qo’llaniladi. M. s. mahsuloti bo’lgan li- zin, fermentli va oqsilli preparatlar non va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kosentratlarini oqsil b-n boyitish, ularning ozuqalik qimmatini oshirish- da foydalaniladi. O’zbekistonda M.s. mahsulotlari “Qo’qon spirt zavodi” AK- tsiyadorlik jamiyati (1989; don (bug’doy) dan rektifikasiya qilingan etil Spir- ti), “Andijon biokimyo zavodi” AK- tsiyadorlik jamiyati (1953; furfurol, spirt, etil spirti, quruq xlorella va b. mikrobiologiya mahsulotlari); Yangiyo’l “Biokimyo” aktsiyadorlik jamiyati (1949; etil spirti, o’simlik xom ashyosidan tex- nik spirt, em-xashak achitqisi, quruq em-xashak qo’shimchasi), Farg’ona furan birikmalari kimyo z-Di (1946; chigit shulxasi, sholi qipig’i, paxta Lin-ti va b.dan furfurin, etil, texnik spirtlar) da ishlab chiqariladi. M.s.ning ayrim mahsulotlari “O’zfarmsanoat” Kompani- yasi korxonalarida tayyorlanadi. Rixsivoy Yoqubov.