Mikrofon qanday ishlaydi?
Eslasang, kulging qistaydi: Morzening birinchi telegrafi atigi… 14 qadamlik masofaga signal bera olardi. Hozir esa siz xohlagan shahringizga Telegramma jo’nata olasiz, olisdagi do’stingizning ovozini telefon orqali eshitasiz. Kosmik aloqa esa orbitada fazogirlar qanday ishlayotganligini ko’z bilan ko’rish imkonini beradi. Telefonning yaratilish tarixi nimadan boshlangan? Ota-bobolarimiz qadim o’tmishda yiroq masofalarga tirik inson ovozining aniq-tiniq yetib borishini orzu qilishgan. Biz gapirganimizda havoning tebranishi natijasida tovush to’lqinlari paydo bo’ladi. Ular quloq pardasiga uriladi va biz ovozni eshitamiz. Bunga asoslanib, qadimgilar karnayni o’ylab topishgan. Uning yordamida tovush tebranishi kerakli tomonga yo’naltirilgan. “Karnay uzunasiga cho’zilsa nima bo’ladi?”— o’ylab qolishgan ular. U holda trubka orqali bemalol gaplashilsa bo’ladi. Odamlar bunday apparatni yaratishdi va uni “akustifon” deb atashdi. Bunday apparatlar birinchi avtomobillarga o’rnatildi. Hozirda ham “trubkali” telefon kemalarda kapitan boshqaruvi bilan mashina bo’limi o’rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi. Lekin bularning hammasi ibtidoiy bir shakldagi aloha usuli edi, biroq elektr yordamga kelganidan keyin ahvol o’zgardi. Axir havoning tebranishini avvalo elektr toki tebranishiga aylantirilsa, keyin, aksincha, elektr toki tebranishi havo tebranishiga aylantirilsa, tovush to’lqinlarini simlar orqali uzatish mumkin bo’ladi. Yangi telefon apparati F. Reys tomonidan ixtiro qilingan. Lekin bu apparat ham mukammal emas edi. Amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1875 yilda yanada qulayroq telefon apparatini o’ylab topdi. Oradan biroz o’tib esa telefon raqami teriladigan diska va mikrofon ixtiro qilindi. Parijda 1881 yilda bo’lib o’tgan xalqaro elektrotexnika ko’rgazmasida telefon mo’jizaday bo’lib tuyuldi. Elektr aloqa shiddat bilan rivojlandi va tez orada barcha qit’alar son-sanoqsiz telefon aloqa liniyalari simlariga chulg’andi.