Mikrometr

Mikrometr (mikro… va metr) — 1) xalqaro birliklar tizimi si da uzunlik birligi ulushi. Metrning mil- Liondan bir bo’lagiga teng. Qisqacha MK, mkn b-n belgilanadi; 1mk=10^6 m=10- 4 sm =10-3mm. M. 1967 y.gacha micron deb atalgan; 2) o’zgartiruvchi mexaniz- mi (vintgaykadan iborat mikrojuft) yordamida kichik o’lchamlarni o’lchashda ishlatiladigan asbob (raemga q.). Ishi qo’zg’almas gaykada vintni o’q bo’ylab sil- jitishga asoslangan. Vintning silji- shi uning o’q bo’ylab burilish burchagiga to’g’ri Pro-portsional. Tula aylanishlar M. tanasidagi shkaladan, aylanish ulush- lari esa barabandagi doiraviy shkaladan hisoblanadi. Odatda 0 dan 25 mm gacha, 26 dan 50 mm gacha va b. uzunliklarni o’lchashda ishlatiladigan tipik o’lchamli M.lar chiqariladi. M. silliq, richagli, list materiallar- ni o’lchaydigan, trubalarni o’lchaydigan, rezba o’lchaydigan,tish o’lchaydigan, da- staki va stolga o’rnatiladigan xillarga bo’linadi. Stolga o’rnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni o’lchashda ish- latiladi; 3) astronomiya da astronomic truba yoki o’lchash mikroskopining mos- lamasi. Kichik masofalarni o’lchash uchun ishlatiladi. Odatda, o’lchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi.