Milev yordan

Milev yordan (1933, Vrachansk okrugi, Bolgariya) — bolgar shoiri. Dastlabki she’riy kitobi — “hayotga muhabbat” (1964). “Nestinar raqslari” (1965), “olis yo’llar”, “taqdir” (1967), “Sharq dostoni” (1968), “vaktni varak- daganda” (1970), “qoyadagi ayol” (1971) va b. she’riy to’shtamlar muallifi. O’zbekistonda ko’p marta bo’lgan. “Sharq dostoni”da, “mening Samarqandim”, “Unutmayman seni, Farg’ona” she’rlari- da O’rta Osiyo bo’ylab qilgan sayohati taas- surotlari, O’zbekistonga maftun bo’lgan shoirning kechinmalari aks etgan. G’afur G’ulom va Zulfiyaning asarlari uning tarjimasida bolgar tilida nashr etil- gan (1970-71). Hofiz Sheroziy, Umar Xay-yom, Alisher Navoiy asarlarini bolgar tiliga tarjima qilgan. M.ning “Ettinchi qit’a” she’rlar to’plami o’zbek tilida nashr qilingan (1967).