MILITARIZM

MILITARIZM (lot. militaris – harbiy) — muayyan mamlakat hukmron doiralarining davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida foydalanadigan siyosiy, iqtisodiy va g‗oyaviy vositalari tizimi. Militarizm Davlatning harbiy qudratini muntazam oshirib boorish va bu bilan bir vaqtda xalqaro va ichki mojarolarni hal qilishda harbiy qudratdan foydalanish mumkinligi, oqlashga yo‗naltirilgan vayronkor mafkura. ― Militarizm atamasi ilk bor XIX asrda Fransiyada Napolion III tartibotini oqlash uchun qo’llangan edi. Keyinchalik u kengroq ahamiyat kasb etdi. Qurollanish poygasi, harbiy budjetlarning o’sishi, chet ellarda harbiy kuchlarni ushlab turishga zo’r berish, bosqinchilikni ko’zlovchi harbiy-siyosiy bloklar tuzish, mamlakat iqtisodiyoti va uning tashqi hamda ichki siyosatida harbiysanoat majmuining ta’sirini kuchaytirish Militarizmga xosdir. Militarizm ―sovuq urush, ―qurollanish poygasi singari tashqi siyosiy konsepsiyalar, ―kuch ishlatish pozitsiyasidan va ―urush ostonasida, ―nazorat qilinadigan keskinlik, ―psixologik urush, ―ommaviy qasos, ―moslashuvjan javob‖, ―realistik tiyib turish va h.k. kabi siyosat bilan chambarchas bog’liq. Militarizm tartibotida davlatning harbiy (mudofaa) salohiyatini ta‘minlovchi harbiy iqtisodiyot iqtisodiyotning eng muhim va rivojlangan tarmoqlaridan biriga aylanadi.