Millatchilik

Millatchilik — millat ayi- rish; o’z millatining haqhuquklarini boshqa Millatlar haqhuquqidan yuqori qo’yish, o’z ehtiyojlari va manfaatlari- ni o’ylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va man- faatlarini nazar-pisand qilmaslik. M. milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi bo’ladi, jamiyat hayotini, tin- chlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. “M.”va “ta-jovuzkor M.”tu- shunchalarini farqlash lozim. M. o’z millatining manfaatlarini yuqori qo’yishga intilish orqali bir millat- ni bilibbilmay ulug’lab, bu b-n milliy totuvlikka xavf tug’dirsa, tajovuzkor M. jamiyatdagi hamjihatlikka ochikdan- ochiq qarshi chiqadi. M. ayrim soxta mil- latparvarlik g’oyalariga tayanib, milliy o’zligini anglash b-n bog’liq milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong, mil- liy g’urur, milliyma’naviy qadriyatlar va sh. k.ni qurol qilib oladi. Aslida M.da milliy o’zligini anglash yotdir. Chunki milliy o’zligini anglash o’z mil- liy xususiyatlari va o’ziga xoslikni tan olish b-n birga boshqa millatlarga xos barcha fazilatlar va qadriyatlarni ham e’tirof etish va ulardan foydalanish- ni taqozo qiladi. M.ning siyosiy tusda namoyon bo’lishi salbiy oqibatlar kel- tirib chiqaradi, davlat va millatning xavfeizligigagina emas, ayni vaqtda mintaqaviy, keng ko’lamli xavfeizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajo- vuzkor M. shovinizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm g’oyalari b-n uzviy bog’liqdir. Demokratik ja- miyatda bunday M. ko’rinishlariga yul qo’yilmaydi. Ko’p millatli davlatlar jumlasi- ga kiruvchi O’zbekiston Respublikasida o’zbeklar b-n bir katorda uz madaniyati va an’analariga ega bulgan 100 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning mamlakat aholisi umumiy tar- kibidagi ulushi 20 foizdan ortiqrokdir. Bunday sharoitda bir xalqni boshqasiga qarama-qarshi qo’yish, milliy ustunlik qilish yo’lidagi har qanday urinishlar- ning oldini olish muhimdir. Shuning uchun ham mamlakat Konstitusiyasida “O’zbekiston Respublikasi o’z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elat- larning tillari, urf-odatlari va an’a- nalari xurmat qilinishini ta’minlay – Di, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb yozib qo’yilgan. Ibodulla Ergashev.