Milliy boylik

Milliy boylik — mamlakat- ning tovarlar i. ch., xizmatlar ko’rsatish va kishilar hayotini ta’minlash sharoit- larini belgilovchi resurelari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qo’llaniladigan M. b. ko’rsatikichi turli shaklda jamg’arilgan kishilar mehnat mahsullari natija- lari b-n birga iktisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shu- ningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham o’z ichiga oladi. M. b.ni hisoblash milliy hisoblar tizimi kontsepsiyasiga asos- lanadi, M. b. har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’lib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalay- digan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy ko’rsatkichdir. M. b. birinchi marta ingliz iqtisodchisi u. Petti (1623-1687) tomonidan 1664 y.da hisoblangan edi, Frantsiyada M. b.ni birinchi marta ba-holash 1789 y.da, AQShda 1805 y.da, Rossiyada 1864 y.da amalga oshirilgan edi. U. Petti “mehnat — boylikning otasi, er — uning ona- si”, — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. M. b.ni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining mod- diy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — er, er osti boyliklari, suvlar, o’rmonlar va b. aniq va to’g’ri hisobga olinishi lozim. So’ngra ular vositasida inson mehnati b-n ish- lab chiqarilgan va jamg’arilgan moddiy boyliklar to’la-to’kis hisobga kiriti- lishi kerak: 1) moddiy i. ch. Sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; mod- diy aylanma vositalar; ularning rezerv- lari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshka moddiy boyliklar; 3) aholi uy-ro’zg’or xo’jaligidagi uzoq muddatli foydalani- ladigan moddiy ne’matlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga bo’lish mumkin: 1) unumli (i. ch.) fondlari; 2) bevosita iste’molbop fondlar. M. b.ni mulkchilik shakllari bo’yicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu b-n birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamg’arilgan boy- liklarning har bir muayyan davrda kim- lar egaligida va foydalanishida ekan- ligini hisobga olish ham muhim. Mam- lakat, jamiyat M. b.gi uning faqat mod- diy boyligidangina iborat emas. Uning ma’naviymadaniy va b. unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil ko’nikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hoz. davrda barcha mamlakat- lar o’z aholisini, uning ma’naviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirish- ga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) ne’matlar, ma’na- viy ne’matlar (ilm, fan, madaniyat, san’- at boyliklari va b.) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy ada- biyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini “insoniy kapital” deb atash ham bor. Hoz. davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muas- sasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va ta- kror ishlab chikariladigan boyliklar- ni baholash, ularning umumiy hajmini, yig’indisini va aholi jon boshiga to’gri keladigan mikdorini aniqlash b-n ham shug’ullanadi. Jahon banki ekspertlari- ning baholashiga kura, 20-a. oxirida in- soniyat 550 trln. AQSh dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollar- lik) boylikka ega bo’lgan; shu jumla- dan, AQSh eng ko’p darajadagi ja’mi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi b-n mamlakat hududidagi barcha boyli- klar M. b.ka, milliy mulkka aylanti- rildi. Bu O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunining (1991 yil 31 avg.) 7mod- dasida: “Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simliklar va hayvonot dunyosi, tabi- iy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Re- spublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi”, deb ko’rsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakat- ning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyli- klarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, ko’paytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi. Ad.: Karimov I. A., O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot ka- folatlari, T., 1997; Smit A., Issledo- vanie o prirode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962; Fisher S, Dorbush R., Shmalenzi R., Ekonomika, Per. s angl., M., 1995. Erlis Alqulov.