MILLIY DAVLAT

MILLIY DAVLAT — davlatning tarixiy shakllaridan biri. XXR, Yaponiya, Albaniya, Germaniya, Fransiya, Portutaliya, Gretsiya, Shvetsiya milliy davlatlardir, chunki ularda etnos va demos (aholi) deyarli mos tushadi. Millatning “davlatga uyushgan” sifatida ta’riflanishi millat bilan davlat o‗rtasidagi uzviy aloqadorlikni aks ettiradi. Millatning rivojlanishi mustaqillik, milliy davlatchilik masalalarini ko’ndalang qilib qo’yadi. Shu o’rinda milliy davlatchilik tushunchasiga yaqinlashdik. Milliy davlatda yetakchi millat manfaatlariga urg’u beriladi, uning tili davlat tili, deb e’lon qilinadi, ramzlari, madaniyati davlat miqyosida amal qiladi. davlat turli millat jamoalariga tegishli institutlarni (milliy markaz, ommaviy axborot vositalari, maktablarning shu millat tilida faoliyat ko’rsatishi) ruxsat etishi, ularga moliyaviy yordam ko’rsatishi lozim. Shunda milliy davlat qurilishi jarayoni demokratlashuv jarayonlari bilan ziddiyatga kirishmay, uyg’un borishi mumkin.