Mim

Mim (yunoncha mimos-taqlid, taqlidchi)-qadimgi xalq teatri turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda, ellinizm davrida (miloddan avvalgi IV-III asrlar) Yaqin va O’rta Sharqda, shu jumladan, hozirgi O’zbekiston hududida vujudga kelgan. Mimda shahar va qishloq quyi tabaqalari hayoti aks ettirilgan. Tomoshalari she’riy va nasriy dialog va monologlardan, kulgili qo’shiq va raqslardan tashkil topgan, ko’cha va maydonlarda, keyinroq sahnalarda ko’rsatilgan. Mim artistlari niqobsiz o’ynagan. Mim mahalliy xalqning masxarabozlik teatri tomoshalari bilan qo’shilib rivojlandi. Mim teatrining shakli, estetik printsiplari ma’lum o’zgarishlari bilan bizgacha yetib kelgan.