Mimas

Mimas — Saturn sayyorasining eng yaqin yo’ldoshi. 1789 yilda ingliz astronomi V. Gershel aniqlagan. Diametri 500 kilometrga yaqin. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 185400 kilometr bo’lib, uning atrofini 22 soat 32 minutda aylanib chiqadi.