Min

Min — o’rta asrdagi Xitoy- da imperatorlar sulolasi (1368— 1644). Mo’g’ullarning yuan sulolasi ag’darilishi natijasida Chju Yuan’chjan tomonidan asos solingan. 15-a. boshi- da bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407 y. Xitoy qo’shinlari Vetnamni bosib olgan. Jan. dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qo’mondonligi ostida 7 ta dengiz eks- pedisiyasi jo’natilgan. Portugaliyali- klarning Xitoyda o’rnashib olishga uri – nishlari munosabati b-n M. imperatori U-szun 1521 y. evropaliklarga Xitoyga kirishni taqiklab qo’ygan va u shuning uchun Aomin (Makao)dan tashqari barcha portlarni berkitgan. M. davrida ij- timoiy ziddiyatlar va sinfiy kurash- ning kuchayishi 17-a.ning 20-y.larida dehqonlar urushini keltirib chiqargan. Qo’zgolonchilar Li Szichen rahbarligida 1644 y. poytaxt Pekinni egallashgan va M. sulolasini ag’darishgan. Xitoy mulk- dorlarining bir qismi bu paytda Xitoy- ga bostirib kirgan manjurlar tomoniga o’tgan va dehqonlar urushini bostirishda ularga ko’maklashib, mamlakatda manjur- larning Tsin sulolasi qaror topishiga yordam bergan.