Mina

Mina (Frans. mine) — I) port- lovchi modda zaryadi. Boshqariladigan (sim, radio orqali portlatiladigan) va boshqarilmaydigan (bevosita ta’sir na- tijasida portlaydigan) turlari bor. Tuzilishi va vazifasiga ko’ra, dengiz mi- nalari, tankka qarshi M., piyodaga qarshi M., transportga qarshi M., ob’ektlarni portlatuvchi M., mina-tuzoq va maxsus (er osti konlari, bu-rg’ilash quduqlarida qo’yiladigan) M.ga bo’linadi. Tankka qarshi (portlovchi moddasining og’irligi 5-7 kg) va piyodaga qarshi (portlovchi moddasining og’irligi 75-200 g) M.lar bosim kuchi yoki tortish kuchi ta’siri- da portlaydi. Transportga qarshi M. yo’llarga qo’yilib, ustidan transportlar yurib o’tayotganda portlaydi. Ob’ektni portlatuvchi M.lardan turli insho-ot- larga shikaet etkazishda foydalanila- Di. Mina-tuzoq va maxsus M. kishida qiziqish uyg’otadigan har xil buyum, qurol-yarog’, oziq-ovqat va b.larga berki- tib qo’yiladi; 2) minomyotlardan otila- digan yupqa devorli snaryadlar. Oskol- kali, fugas, fugas-oskolkali, tutun tarqatuvchi, yondiruvchi, yorituvchi hamda o’quvmashq xillarga bo’linadi.