Minas-Jerais

Minas-Jerais — Braziliyaning Jan.-Sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 588,3 ming km2. Aholisi 17,8 mln. Kishi (2000). Ma’muriy markazi — Belu-ori- zonti sh. Yirik shaharlari: Juisdi-fo- ra, Governador-Valadaris, Uberlandiya va b. Braziliya yassitog’ligining eng ba- Land (bal. 2890 m, Serrade-Mantikeyra) Sharqiy qismini egallagan. M.-J.ning Markaziy qismida shim.dan janubga tomon shtatning asosiy mineral resu- relari to’plangan Serra-du-Espinyasu tizmasi cho’zilgan. Yirik daryolari San- Fransisku, Riu-Dosi, Riu-Grandi, Pa- ranaiba va b. Ikdimi tropik iqlim, yozi issiq va qishi quruq va iliq. Iyulning o’rtacha t-rasi 16°, yanv.niki 25°, yillik yog’in shim. va shim.-sharqida 1000-1250 mm dan Jan.da 2000 mm gacha. O’simlik dunyosi sernam doim yashil tog’tropik o’rmonlaridan hamda butali o’rmon va savannalardan iborat. M.-J. iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan Shtatlar- dan. Mamlakatning asosiy konchilik (por-tugalcha minasgerais — asosiy kon- lar; shtat nomi shundan) va Metallur- giya sanoati rivojlangan r-ni. M.-J. da 17-18-a.larda dastlabki olmos va oltin konlari topilgan. Shtatda radio- aktiv elementlarga boy rudalar, boksit, marganes rudalari, tsirkon, berill, mo- libden, nikel, niobiy, tantal, vanadiy, kobalt, grafit, mi-shyak, slyuda, olmos, oltin va b. foydali qazilmalarning yirik zaxiralari bor. Rangli metal- lurgiya sanoati rivojlangan oru-Pretu va Posusdikaldas sh.larida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik, me- tal-lsozlik, neft kimyosi, tsement, oy- na-keramika, yog’ochsozlik, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari bor. Oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati rivojlan- gan. Q.x.da dehqonchilik etakchi tarmoq. Asosiy ekinlari: sholi, makkajo’xori, dukkaklilar, maniok, Jan.-sharqida — kofe, shakarqamish, tamaki, tsitrus me- valar. Chorvachilik rivojlangan. San- Fransisku va uning irmoqlarida kema katnaydi.