Mingbuloq

Mingbuloq — Markaziy Farg’onadagi ko’l. Bo’z massivida. Sir- Daryo sohiliga yaqin joylashgan. Uz. 400 m, eni 100 m. M.ga ko’p buloq suvlari va sizot suvlar quyiladi. Ko’l qadimda kat- ta bo’lib, boshqa ko’llar b-n tutashib tur- gan. Buloq va sizot suvlari Sirdaryoning chap sohilidagi tekislikni quritish uchun qazilgan zovurlarga oqib ketgani- dan ko’l maydoni qisqargan. Ko’l chekka- lari qamishzor va botqoqlik, suvi sho’r, chuqurligi o’rta qismida 1,5—2 m. Ko’lda baliq va turli yovvoyi parrandalar bor.