Minsk viloyati
Minsk viloyati – Belorussiya ning Markaziy qismidagi viloyat. 1938 y. 15 yanv.da tuzilgan. Mayd. 40,8 ming km2. Aholisi 3301 ming kishi (1998). Asosan beloruslar, shuningdek, rus, po- Lyak, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Er yuzasi sertepa, morenali qirlar, tekislik va pasttekislikdan iborat. Foydali kazilmalardan: kaliy va tosh tuzlari, torf, bo’r, mergel, qum, shag’al, gil bor. Iklimi mo”tadil kon- tinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -6°, -7°, iyulniki 17-18°. Yillik yog’in 500-700 mm. Vegetasiya davri 185-195 kun. Yirik daryolari: Berezina (Dnepr irmog’i), Ptich va Sluch (Pripyat ir- moklari). Neman daryosi M.v. hududidan boshlanadi. Ko’l ko’p. Tuprog’i chimli – podzol, torfli-botqoq va allyuvial tuproqlar. Hududining 36,8% o’rmon, 14% botqoklik, 15% yaylov va o’tloqlar. Bo’ri, tulki, Los, elik, bo’rsiq, norka, quyon, tiy-in, qobon, suvsar, oq sichqon, enotsimon it, qushlardan qur, chil, o’rdak yashaydi. Baliq turi ko’p. Viloyat shim- sharqida Berezina qo’riqxonasining bir qismi joylashgan. Viloyat energetikasi mahalliy (torf) va chetdan keltiril- gan yoqilg’i (kumir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz) asosida ishlaydi. Torf za- xirasi va torf qazib olish bo’yicha M.v. Belorussiyada 1-o’rinda turadi. Viloyat sanoat mahsulotining 21% ni mashina- sozlik va metallsozlik (transport, sta- noksozlik, har xil sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalar i.ch.) beradi. Avtomobil z-Di, avtotraktor elektr asbob-uskunalari, avtogidrokuchaytir- gich z-dlari, stanoksozlik, avtomobil sanoati uchun yarimo’tkazgich ventillar, metall konstruktsiyalar z-dlari va b. korxonalar bor. Starobin kaliy Tuzla- ri asosida kimyo sanoati rivojlangan, qurilish materiallari (temir-beton buyumlar, qurilish detallari, keramika va drenaj quvurlar) ishlab chiqariladi. Faner-gugurt, yog’ochsozlik k-tlari, pi- anino, mebel f-kalari, yog’och z-Di ish- lab turibdi. Tikuvchilik f-kasi, zigir tola z-Di, oynashisha, kun-poyabzal, trikotaj kabi engil sanoat korxonala- ri, musiqa asboblari f-kasi bor. Oziq- ovqat sanoati rivojlangan. Q.x.sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik va kartoshka etishtirishga ixtisoslashgan. G’alla va dukkaklilar, texnika ekinlari, sabza- vot, em-xashak ekinlari ekiladi. Bog’va mevazorlar bor. T.y. transporti asosiy o’rinda. Berezinada kema qatnaydi. Aero- port bor. Ko’pchilik shahar va tuman Mar- kazlari avialiniyalar orqali Minsk b-n bog’langan. Minskda 1984 y.dan metro- politen faoliyat ko’rsatmoqda. 13 oliy o’quv yurti, 29 ilmiy tadqiqot in-ti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar mavjud.