MINTO’SAODATHASAN
MINTO’SAODATHASAN (1912.11.5, Amritsar — 1955.12.2, Lohur) — pokistonlik adib. Dehli va Bombayda yashagan, 1948 y.da Pokiston- ga ko’chib o’tgan. Urdu tilida yozgan. Urdu adabiyotiga hikoya janrining ustasi si- fatida kirgan. Ocherk, esse, radiodra- maning rivojlanishiga hissa qo’shgan. Mavzusiga ko’ra, hikoyalarini 2 turga bo’lish mumkin: Hindiston milliy ozod- lik harakati va hind-musulmon do’stligi haqidagi hikoyalar. M.S.H. no-chorlikdan tubanlikka yuz tutgan ayollar obrazi- ni urdu adabiyotiga birinchi bo’lib olib kirgan (“yuztalik lampochka”, “Qora shalvor” va b.). “Tomosha”, “Yangi qonun” kabi hikoyalari milliy ozodlik harakatiga bag’ishlangan. Musulmon, hind, sikxlar orasidagi do’stlik esa “o’n ikki rupiya”, “Mo’zil” kabi hikoyalarida aks etgan. 40 ga yaqin to’plami chop etilgan. Aksariyat hikoyalarining qahramoni — oddiy kishilar, mulozimlar, hunarmand, ishchilar. “Yo’l chekkasida”, “cho’tkalar” singari hikoyalari urdu adabiyotida “Yangi hikoya” yo’nalishining Darakchi- si bo’lgan. Adabiy tanqidchilik M.S.H. hikoyalarini zamonaviy hikoyaning tash- kil topishida muhim davr sifatida baholaydi. Ac.: Qiz sevgisi [tanlangan hikoyalar], T., 1970. Ansoriddin Ibrohimov.