Miokardit

Miokardit (Yun. myos — muskul va kardia — yurak) — yurak muskullari (miokard)nnng yallig’lanishi, bu, odatda, yurak faoliyati etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. M.ga, ko’pincha, o’tkir in- fektsion kasalliklar (difteriya, ich ter- Lama, angina, skarlatina, sepsis, gripp), surunkali infektsiyalar (sil, zaxm) sabab bo’lib, asosida allergik o’zgarishlar yota- Di (q. Allergiya). M.ning o’tkir, o’rtacha yoki surunkali, shuningdek, yuqumli al- lergik (mas, revmatizmda, skarlatinada) xili farq qilinadi. M.da yurak muskul- larining tuzilishi o’zgaradi, kasallik- ning engil xilida bu o’zgarish butunlay yo’qolib ketishi mumkin. Og’ir xilida esa muskul tolalarining bir qismi Emi- riladi va ular o’rni chandiklanib, kardi- oskleroz paydo bo’ladi. M.da muskul to- lalarning o’zi (parenximatoz M.), ba’zan biriktiruvchi to’qimalar (Inter-stisial M.) yallig’lanishi mumkin. Revmatizm okibatida kelib chiqqan M. (revmokar- dit), ko’pincha, bolalarda uchrab, odat- da, endokardit b-n birga o’tadi. Asosiy belgisi qon aylanishi etishmovchiligi; bunda bemor doim yuragi og’rishi, tez-tez urishi, havo etishmay harsillashi, dar- moni qurishidan Shiko-yat qiladi. Rangi siniqib, labi ko’karadi, qon bosimi Pa- sayadi. Kasallik o’tkir kechganda harorat ko’tariladi, qonda tegishli o’zgarishlar (leykositoz, eritrositlar cho’kish tez- ligi — ECHT ning ortishi) kuzatiladi. EKGda miokard o’zgarganligini aniqlash mumkin. Oldini olish M. rivojlanishiga sabab bo’ladigan omillarni bartaraf etish, surunkali infektsiya o’choqlari (tonzillit, gaymorit va b.)ni o’z vaktida davolashdan iborat. Bemor kasalxonada davolanadi. Kasallikning kechishi va belgilariga qarab davo ta-yinlanadi.