MIR SAYD BAHROM
MIR SAYD BAHROM Maqbarasi — Karmanadagi me’mo- riy yodgorlik (10-11-a.lar). Bir xona- li, murabba tarxli (4,5×4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri me’morligiga xos uslubda pishiq g’isht (21x21x3 sm) dan bezakli qilib qurilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat, hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda g’ishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida kufiy yozu- vida Qur’ondan oyatlar bitilgan. To- badoniga yoy shaklidagi o’yma panjara, ustungo’shasiga g’ishtlar juft-juft qilib “qo’sh” uslubida ishlangan. Yon va orqa devorlari bezaksiz. Ichki gum- baz osti bag’ali 8 qirrali ravoq (5 g’ishtin ustun)ga tayangan. Peshtoqi pishiq g’isht (26,5×26,5×5 sm)dan qayta terilgan. Makbara bir necha bor ta’- Mir etilib (1960-70 y.lar), dastlabki ko’rinishini yo’qotgan. Maqbara me’mo- riy qismlarining o’zaro aniq nisbati, naqshlarining ixchamligi b-n ajralib turadi.